Print this page

Ўзбекистон янгиликлари

Andijondagi 179 ta masjidda tarovih namozlarida xatmi Qurʼonlar o‘qilmoqda.

Mamlakat bo‘ylab 22-mart kuni kechasi masjidlarda tarovih namozi o‘qish boshlandi.

 

Viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud Alimovning aytishicha, barcha masjidlarda bir xil sahifalarda 27 kun davomida xatmi Qurʼon o‘qiladi. Jome masjidlarga yig‘ilgan ming-minglab namozxonlar hofiz qorilarning chiroyli sovt va xushovozlik bilan o‘qigan qiroatlaridan bahramand bo‘ladilar. Xatmi Qurʼon so‘nggida barcha masjidlarda bir xil vaqtda jamoat bo‘lib duolar qilish belgilangan.

Read 599 times