muslim.uz
Afv farmoniga sharh
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jazo muddatini o`tayotgan, qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan bir guruh shaxslarni afv etish to`g`risida»gi farmoniga sharh
Sohibqiron Amir Temur va oʻrta asr tarixchisi Ibn Xaldun munosabatlari
9-APREL – AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN
Oʻrta asr Misr tarixchilarining asarlarida Amir Temurga tegishli maʼlumotlarni koʻplab uchratish mumkin. Ibn Xaldun Amir Temur bilan 1401-yilning yanvar-fevral oylarida Damashq shahri va uning boʻsagʻalarida bir necha bor uchrashgan.
Damashq shahrining qamali bilan band boʻlgan Amir Temur Ibn Xaldun haqida qiziqib, “Misr askarlari bilan joʻnab ketdimi yoki shaharda qoldimi?”, deb surishtiradi. Demak, Amir Temur Ibn Xaldun toʻgʻrisida uchrashmasdan oldin ham baʼzi maʼlumotlar ega boʻlgan.
Tarixchi bu haqda eshitgach, uning oldida ikki yoʻl bor edi: yo Misr sultoni Nosir Faraj va baʼzi amirlarga oʻxshab Qohiraga yashirin tarzda qochish yoki Sohibqiron qarorgohiga borish. U oʻylab koʻrgach, ikkinchi yoʻlni, yaʼni hayoti xavf ostida boʻlishiga qaramay, 69 yoshni qoralagan mutafakkir qamaldagi shahar devoridan arqonda osilib tushib, Amir Temur bilan uchrashishdan Ibn Xaldunning oʻz iborasi bilan aytganda: “oʻzga chorasi yoʻq edi”. Negaki, u erta-indan batamom himoyasiz qoldirilgan shahar aholisining holi ne kechajagini yaxshi tasavvur qilardi. Shu bois u Amir Temurdan shahar aholisiga omonlik tilab olishga qaror qildi va ushbu olijanob maqsadiga erishdi ham.
Birinchi muloqotdayoq Amir Temur va Ibn Xaldun oʻrtalarida iliqlik paydo boʻldi. Shundan soʻng Ibn Xaldun va Amir Temur 35 kun mobaynida suhbat qurishgan.
Tarixdan maʼlumki, 1250-1517-yillarda Misrda mamluk sultonlari hukmronlik qilishgan. Mamluk sultoni Beybars 1258-yilda Bagʻdodda moʻgʻullar istilosi natijasida zavol topgan Abbosiy xalifaligini 1261-yilda Qohiraga koʻchirgan. Abbosiy xalifalar Misrni “xalifalik yeri” kabi ulugʻlab, mamluklarga ularni mamlakatni boshqarishlari, legitimlashtirishgan, chunki mamluk sultonlari qullardan chiqqan edi. Misr sultonlarini boshqa xalifalar borligi shu qatorda qoʻshni musulmon davlat hukmdorlari tomonidan quraysh qabilasidan xalifa titulini qabul qilgani xavotirga solmagan.
Madina masjidida butun dunyo ziyoratchilari koʻz oldida Usmoniy sulton Boyazid II (1481-1512) sharafiga “mavlona amir al-muʻminiyn as-sulton al-malik al-muzaffar” (bizning olampanohimiz, sulton-muzaffar podshoh, moʻminlarning amiri, yaʼni xalifasi) nomi bilan sharaflab yozuv yozib qoʻyilgandi. Bunga qarshi mamluklar oʻzlarining “islom sultoni” va “xodim al-haramayn” titullarini asragan. Bu masalada mamluklar hattoki, qurolli nizolar chiqarishdan ham toyishmasdi. Koʻpgina musulmon hukmdorlar XIV-XV asrlarda mamluklarning rahbarlik va muqaddas shahar homiysi ekanliklariga qarshi chiqishgan. Shu sabab bois Makkaga kaʼbapoʻshni yuborish bilan bogʻliq qator kelishmovchiliklar yuzaga keldiki, buning asosida musulmon dunyosidagi boshliqlikka boʻlgan kurash yotardi. Amir Temur, Shohrux va qator turkman sulolasidan Oq quyunli va Qora quyunli Misrning diniy boshchiligini tan olishmagan.
1429-,1435-1436-yillar va 1443-yilda Shohrux, muqaddas shaharlar homiysi sifatida oʻz daʼvolarini eʼlon qildi. Har bir bunday daʼvo urushni keltirib chiqargan. Oq quyunli sulolasidan Eron hukmdori Uzun Hasan 1472-yilda mamluklarga qarshi yurish qildi. V.Bartold o‘z asarida shunday yozadi: “Biroq Misr sultonlarining yutuqli tomoni shunda ediki, muqaddas shaharlarning homiysi sifatida uzoq vaqt davomida na Temur “xalifaligi”, Shohrux va uning qarindoshlari, na qora qoʻy turkmanlari, na ularning oʻrnini egallagan oq qoʻy (XV asrning ikkinchi yarmi) turkman sulolasi tomonidan ular kabi obroʻga ega boʻlmagan”.
Ushbu oʻrinda V.Bartoldning Amir Temur hukmronlik qilgan joyni xalifalik deb atashiga fikr bildirish lozim deb topildi. Chunki Abbosiy xalifalar sulolasi masalasida Amir Temur chinakam daho ekanini koʻrsatdi. Ibn Xaldunning yozishicha, Damashq shahri ichidagi qalʼa taslim boʻlgach, bir kishi Amir Temur huzuriga kelib, oʻzini Bagʻdodda oʻtgan Abbosiy xalifalarning naslidan, deb tanishtirdi va Sohibqirondan haqiqiy merosxoʻr sifatida xalifa mansabiga tayinlashni talab qiladi. Faraz qilaylik, agar Amir Temur uni oʻzi bilan Samarqandga olib ketib, Abbosiy xalifalarning davomchisi, deb eʼlon qilganda “Samarqand xalifaligi” to XX asrgacha yetib kelishi muqarrar edi. Ammo Amir Temur bunday soxta obroʻni, toʻgʻrirogʻi, tarix oldida kulgi boʻlishni oʻziga ep koʻrmagan va juda oqilona chora qoʻlladi: faqih va qozilarni, jumladan, Ibn Xaldunni chaqirtirib, mazkur shaxs boʻyicha muhokama uyushtirdi. Uning fikrlari bilan qiziqdi. Olimlarning fikrlarini adolat tarozisiga solgach, daʼvogarga shunday dedi: “Fatvo ahli va qozilarning gaplarini oʻzing eshitding. Ravshan boʻldiki, mendin xalifalikni talab qilmoqqa senda hech qanday haq yoʻq erkan”. Bu holat Amir Temurning naqadar oqil inson boʻlganligini koʻrsatadi.
Ibn Xaldun Misrga qaytgach, oʻzining eski homiysi – Magʻrib hokimiga maktub yoʻllab, Amir Temur bilan muloqotlari haqida yozadi. Olim bu paytda Sohibqiron Samarqandga qaytib ketganidan xabardor, demak, Amir Temur toʻgʻrisida qoʻrqmasdan erkin fikr bildirishi, hatto qoralashi ham mumkin edi. Ammo Ibn Xaldun maktubni quyidagi soʻzlar bilan tugallaydi: “Ana shu malik (podshoh) Amir Temur podshohlarning sardori va eng buyugidir. Baʼzi odamlar ani ilm bilan bogʻlaydilar, oʻzgalar…anda qandaydir sehr bor, deydilar. Bularning barisi aning haqiqiy taʼrifi oldida hech narsa emas. Aslida ul odamni oʻziga gʻoyat maftun etadigʻon va oʻta zakovatli, yoshi 60-70 orasidagi...zot”.
Misr mamluk sultonlari 1405-yilda Amir Temurning vafoti tufayli bu mamlakatni bosib olish xavfidan qutiladilar.
Sohibqiron bilan Ibn Xaldun olib borgan fikr almashuvlari Amir Temurning nafaqat buyuk sarkarda va davlat arbobi, balki zamonasining bilimdon kishisi boʻlganini tasdiqlaydi.
Ahadjon Hasanov
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, tarix fanlari doktori
Zuhra Aripova
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, tarix fanlari doktori (DSc)
Отамиз одамдан меросдир бу иш
Яшил макон
Юртимизда қадимдан боғ барпо этиш, дарахтлар экиш, гулзорлар ва чаманлар бунёд қилиш эзгу анъана сифатида авлоддан-авлодга ўтиб, бу амаллар айнан баҳор фаслида кўпроқ амалга оширилади. Ҳар йили баҳор бошланиши билан, халқимиз таъбирича, “Ҳамал келди – амал келди” бўлса, қишлоқларда қимирлаган жон борки, далага ошиқади. Эзгу ниятлар билан ерга ниҳол қадайди. Айниқса, ўғил фарзандли бўлган оталарнинг хайрли ниятлар билан тераклар экиши миллат давомийлигини таъминлайди.
Шугина эмас, балки баҳор бебаҳо қадриятларимизнинг наслдан-наслга безавол ўтишини таъминловчи фаслдир. Эътибор берган бўлсангиз, отахонлар ҳашарлар уюштириб, фарзадларига, набира-абираларига дарахтларни қандай буташни, оқлашни, ерга ниҳол қадашни ўргатишади. Бу халқимизга хос катта мактаб.
Мамлакатимизда муҳтарам Юртбошимиз ташаббуслари билан “Яшил макон” умуммиллий ҳаракати доирасида юртимиз боғу бўстонга айланмоқда. Ўзбекистон мусулмонлари идораси Тошкент шаҳар вакиллиги жамоаси ҳам “Яшил макон” доирасида пойтахтимиздаги барча масжидлар ҳудудларига турли мевали ва маназарали кўчатлар, гулу райҳонлар экишни бошлаб юборди.
Куни кеча Чилонзор туманидаги “Дўмбиробод” жоме масжиди, шу билан бирга, тумандаги барча масжидлар ҳовлиларига дарахтлар ўтқазилди, райҳонлар экилди. Бу анъана изчил давом этади.
Муқаддас динимизда ҳам зироат, яъни деҳқончилик қилиш улуғланади. Ердан униб чиқаётган ўсимликлар Аллоҳ таолонинг мўъжизасидир. Қуръони каримда: «Сизлар экаётган зироатларингизни (ўйлаб) кўрдингизми?! Уни сизлар ундирурмисиз ёки Биз ундирувчимизми?!» (Воқеа сураси, 63–64-оятлар).
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Агар бир муслим банда кўчат ўтказса ёки экин экса, ундан қушми, инсонми ёки ҳайвонми еса, бунинг учун унга садақа (қилганлик савоби) бўлади” (Имом Муслим ривояти), деб марҳамат қилганлар.
Бу ҳадис кўчат экиш, деҳқончилик қилиш фазилати ва аҳамияти нечоғли улуғ эканига далолат қилади ва кўчат экувчиларнинг Аллоҳ даргоҳида эришадиган ажр-савоблардан хабар беради. Ушбу амал инсонга нафақат тириклигида, балки вафотидан сўнг ҳам манфаат етказиб туради, қиёмат кунигача садақаи жория сифатида банда фойдасига хизмат қилади.
Бошқа бир ривоятда “Агар мусулмон банда бирор туп кўчат экадиган бўлса, ундан инсон, ҳайвон ёки қуш еса, бу ўша бандага қиёмат кунигача садақаи жория бўлади”, дейилган (Имом Муслим ривояти).
Абу Дардо розияллоҳу анҳу ривоят қилади: «Бир киши Дамашқ кўчаларидан ўтаётса, кўчат экаётган одамга кўзи тушибди ва унга: “Нега бу ишни қилаяпсиз, ахир, сиз Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг саҳобаларидансиз-ку?” дебди. Шунда у киши: “Шошма, мен Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг: “Ким бир кўчат экса, ундан одам ёки Аллоҳ яратган махлуқотлардан биронтаси еса, бунинг эвазига ўша (кўчат эккан банда)га садақа бўлади”, деганларини эшитганман”, дебди» (Имом Аҳмад ривояти).
Муқаддас динимизнинг ана шу буйруқлари миллатимизнинг қадриятлари қаторидан жой олиб, истиқлол туфайли янгича маъно-мазмун касб этаётгани айни ҳақиқат.
Заминимиз серунум, ерга чўп тиқсак, ниҳол бўлиб кўкка бўй чўзишини тажрибада кўп марта кузатганмиз. Лекин, афсуски, айримларнинг ҳайҳотдек томорқаси йил бўйи бўш ётиши киши дилини хуфтон қилади. Бундай ҳолатларни кўриб, ҳатто башарият отаси Одам алайҳиссалом ҳам ердан унумли фойдалангани, деҳқончилик билан шуғуллангани эсимизга тушади. Аллоҳнинг эрка бандаси ҳам серғайрат бўлгани бизга намунадир.
Демак, кўчат экиш, экин-тикин қилиш, томорқалардан унумли фойдаланиш савобли амаллар сирасига киради. Киши дунёдан ўтиб, амал саҳифаси ёпилгандан сўнг ҳам унинг ҳақига муттасил равишда савоб бориб туриши учун ерга ниҳол қадаши керак. Шундай экан, бу эзгу ишдан четда қолмайлик.
Абдуқаҳҳор домла ЮНУСОВ,
Тошкент шаҳар бош имом-хатиби
Ko’z kataraktasi kasalligida bepul jarrohlik amaliyotlari
BIZ BILAN BIRLASHING
“Akfa Medline” bilan hamkorlikda ko’z kataraktasi kasalligida bepul jarrohlik amalyotlarini o’tkazmoqdamiz.
Siz ham ayni shu kasallikdan aziyat chekayotkan bo’lsangiz, murojaat qilishingiz mumkin.
+998 95-399-00-09
Alloh Yaxshiliklaringiz Ajrini Zoe Qilmas
UZ CARD
5614 6821 2326 3859
YULCHIEV ALIJON
HUMO
9860 1701 0178 3679
ALIJON YULCHIEV
Union pay
6210 4501 4181 1745
ALIJON YULCHIEV
VISA
4023 0602 2805 2485
ALIJON YULCHIEV
PAYME, CLICK, PAYNET ilovalari orqali telefoningizdan juda oson EHSON QILING?
Murojaatlar uchun tel:
+998 95-399-00-09
Faqat HOMIYLAR UCHUN, Ehson berish uchun tel.
+998 90-350-01-00
Klinika, dorixona va shifokorlar hamkorligi uchun shu havola orqali ro’yxatan o’ting
https://forms.gle/nN3mbYsBLY2VNnVu6