Мақолалар

Kimlar ro‘za tutmasligi mumkin?

Alloh taolo shunday marhamat qilgan: “Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinchilikni xohlamaydi” (Baqara surasi, 185-oyat).

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Kasal ro‘za tutmaydi, homilador ayolning bolasi tushib qolishi havfi bo‘lsa, u ham tutmaydi. Emizikli ayol agar bolasiga fasod bo‘lishining xavfi bo‘lsa, ro‘za tutmaydi” (Imom Ahmad rahimahulloh rivoyati).
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda Rasulloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Kim qodir bo‘la turib taomdan (ochlikdan) yoki ichimlikdan (tashnalikdan) o‘lsa, u uchun do‘zax bordir” (“Ta’vilot Ahl as-sunna”).
Bundan shu narsa ayon bo‘ladiki, fasod (sog‘liq uchun jiddiy zarar) bo‘lishining xavfi bo‘lganda ro‘za tutmaslikka ruxsat beriladi.

Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh.

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi.

Read 891 times
Tagged under

Мақолалар

Top