Ўзбекистон янгиликлари

Shu yil 29-iyun kuni, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Hidoya” zoʻravonlik ekstremizmga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro markazi raisi Ali Nuaimiy janoblarining professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilari uchun ma’ruzasi tashkil etildi.

Ali Nuaimiy oʻz maʼruzasini hozirgi vaqtda dinni notoʻgʻri talqin qilish va undan turli siyosiy maqsadlarda foydalanish koʻpayib borayotganidan boshladi. Jumladan, Ali Nuaimiy libos kiyish masalasiga toʻxtaldi:

– Hozir insonlar islom arablarniki deb oʻylab, ularga oʻxshashga intilmoqdalar. Aslida esa, din inson yashab turgan jamiyati, yurti va mintaqasiga qarab toʻgʻri talqin qilinishi kerak. Masalan, hijob arab mamlakatlarida qora rangda, Janubiy-sharqiy Osiyo xususan, Malayziya, Indoneziya, Tailand kabi davlatlarda gulli hijoblar urfdir. Shu bois, fatvo chiqarish ham muayyan mintaqa nuqtaiy nazaridan kelib chiqib yondashishi kerak.

Maʼruzachi ekstremizm mavzusiga toʻxtalib, din nomidan qon toʻkish, zoʻravonlik qilishga chakiruvchilar uchrayotganini, bu islom dinining notoʻgʻri talqin qilinishiga olib borishini qayd etdi. 

Ali Nuaimiy yoshlar orasida tarbiyaviy ishlar olib borish zarurati haqida gapirib, islom rahmat, tinchlik va osoyishtalik dini, ammo baʼzi internet tarmoqlari orqali yoshlarni notoʻgʻri yoʻllarga targʻib etish holatlari uchrayetgani, bu esa ekstremizmga yoʻl ochishini qayd etdi. 

Davra suhbati Akademiya professor-oʻqituvchilari tomonidan ijobiy qabul qilindi. 

Read 925 times

Янгиликлар

Top