Ўзбекистон янгиликлари

VAQF fondi rahbariyatining Andijon viloyatidagi so'ngi tashrifi "Imom Muslim" masjidi bo'ldi

Yahyo domla Abdurahmonov va Muzaffar Salomovlarning viloyatdagi so'ngi manzili Qo'rg'ontepa tumanidagi "Imom Muslim" masjidi bo'ldi.

Masjid qavmi bilan dildan suhbat qilgan ustoz Yahyo domla yig'ilganlarga yurtimizda bo'layotgan diniy sohadagi ijobiy o'zgarishlar haqida so'zlab o'tdi.

So'ngra masjiddagi sharoitlarni yanada yaxshilashga hissa qo'shish maqsadida fond hisobidan 10 000 000 so'm miqdorida moddiy yordam taqdim etdi.

Shu bilan VAQF fondi rahbariyatining Andijon viloyatiga safari o'z nihoyasiga yetdi. Xayriyalar ertaga, 2 dekabr kuni Namangan viloyatida davom etadi...

https://t.me/vaqfuz

Read 1234 times
Tagged under

Янгиликлар

Top