Ўзбекистон янгиликлари

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда “Uzbekistan Airways” АЖ ахборот хизмати раҳбари Дилором Каимбаева маълум қилди.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi bilan birgalikda “Haj-2024” dasturi doirasida joriy yilning 23-may kunidan boshlab Saudiya Arabistoniga charter yo‘lovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi.

 “Haj” dasturi boʻyicha marosimlarni bajarish istagida boʻlgan ziyoratchilar ertadan, ya’ni 23-maydan 7-iyunga qadar, Oʻzbekiston Respublikasining 10 ta mintaqaviy xalqaro aeroportlaridan, xususan, Toshkent, Namangan, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlaridan Saudiya Arabistonning Madina shahriga yetkaziladi.

Jiddadan O‘zbekiston Respublikasi shaharlariga qaytuvchi parvozlar esa 22-iyundan 12-iyulga qadar bajarilishi rejalashtirilgan.

Aviakompaniya va O‘zbekiston Musulmonlari idorasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, joriy yilda jami 124 ta charter yo‘lovchi parvozlarini amalga oshirib, 15 130 nafar ziyoratchilarni tashish rejalashtirilgan.

Uzbekistan Airways’ning “Haj-2024” dasturi doirasidagi barcha aviaqatnovlari Boeing 767 havo kemalarida amalga oshiriladi.

Ta’kidlash joizki, respublika aeroportlarida ro‘yxatdan o‘tish vaqtida yo‘lovchilar issiq nonushta bilan ta’minlanadi. Parvoz davomida esa O‘zbekiston Musulmonlari idorasi talablarini inobatga olgan holda tayyorlangan maxsus taomlar tarqatiladi.

Bundan tashqari, Uzbekistan Airways Sales filiali tomonidan O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga ziyoratchilarni olib borish davrida kassirlarning kechayu kunduz ishlashi tashkil etilgan.

Read 658 times

Янгиликлар

Top