www.muslimuz

www.muslimuz

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
Muslim.uz
@muslimuzportal | @Muftiy_Nuriddin_domla | @mp3muslim | @diniysavollar

Бугун, 4 июнь куни эрта тонгда Тошкент халқаро аэропортидан Мадина шаҳрига йўл олган Ўзбекистонлик зиёратчилар эсон-омон муборак заминга етиб бордилар.

Ҳамюртларимизни Саудиялик ташкилотчилар ва Ўзбекистон ишчи гуруҳи вакиллари муносиб кутиб олдилар ва уларга юқори даражада хизмат кўрсатмоқдалар.

 Айни дамда зиёратчиларимиз меҳмонхоналарга жойлашиб бўлганларидан сўнг ихлосу имон билан ибодатларни адо этишга киришдилар.

 Аллоҳ таоло юртдошларимизнинг сафарларини муборак қилиб, ибодату дуоларини ижобат айлаб, Байтуллоҳ ёнида дуо қилишни барчамизга насиб этсин!

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar

Вівторок, 06 июнь 2023 00:00

Зуҳо намози ҳақида

Саидаҳмад домла Сайдаралиев

Ўзбекистон мусулмонлари идораси
Фатво маркази етакчи мутахассиси

YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCyUXSz54q2sHaxm8o4ky8YQ) |

Instagram (https://www.instagram.com/fatvouz/) |

Facebook (https://www.facebook.com/diniysavollar)? Улашинг: @diniysavollar

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy yurtimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. Hurmatli mehmon kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadim va betakror Samarqand shahrining muqaddas qadamjolarini ziyorat qildi.

Mazkur tashrif doirasida Qatar Madaniyat vaziri Abdulrahmon bin Hamad al-Tani janoblari ham Samarqanddagi Imom Buxoriy me’moriy yodgorlik majmuasida bo‘ldi.

Abdulrahmon bin Hamad al-Tani janoblari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamrohligida majmuadagi ulkan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

Suhbat davomida Muzaffar Komilov yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. So‘nggi yillarda muqaddas islom dini ma’rifatining boy ilmiy-ma’naviy ahamiyatini chuqur o‘rganish, eng muhimi, uning insonparvarlik mohiyatini keng ochib berish borasidagi davlatimiz rahbari tashabbuslari mehmonda katta taassurot qoldirdi. Xususan, xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, islom olami rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarimiz nomi bilan ataladigan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va boshqa ta’lim muassasalari faoliyati alohida e’tirof etildi.

Ta’kidlash joizki, islom olamida ulug‘ maqomga ega bo‘lgan muhaddis, olim Imom Buxoriy qadamjosi bugungi kunda yangidan barpo etilmoqda. Ulkan majmua qadimiy va betakror an’analar asosida bunyod etilayotgani bugungi mahobatidanoq sayyohlar e’tiborini qozonayotir. Bino devorlariga qadimiy uslubda Qur’oni karim suralari va hadislar yozilmoqda. 

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan majmuada Imom Buxoriy muzeyi ham tashkil etilishi rejalashtirilgani ahamiyatlidir. Muzey boy madaniy qadriyatlarimizni o‘zida jam qilish barobarida zamonaviy dizaynga ega bo‘ladi. 8 ta pavilon, xususan, Muhammad alayhissalom va nubuvvat tarixi, hadis ilmining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyati, Imom Buxoriy fazilatlari, “Al-jome as-sahih” – islom dinining ikkinchi manbasi, Imom Buxoriy merosining bugungi kundagi ahamiyati, yangi O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy islohotlar va Imom Buxoriy merosiga e’tibor kabi mavzular qamrab olinadi.

Samimiy muloqotda Qatar Madaniyat vaziri Abdulrahmon bin Hamad al-Tani janoblari ham Imom Buxoriy majmuasining tarixiy va amaliy ahamiyati xususida xayrat bilan so‘z yuritdi.

– Haqiqatan ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning keng dunyoqarashli va donishmand inson ekanliklarini bilamiz. Albatta, yurtingizdagi bugungi islohotlarning tashabbuskori shaxsan Prezident janobi oliylari ekani alohida e’tirofga sazovor. O‘ylaymizki, O‘zbekiston buyuk allomalarining nomlari tiklash, tarixiy, ilmiy meroslarini keng jamoatchilikka taqdim etish orqali butun dunyoga yangi O‘zbekistonning istiqboli va nufuzini namoyon etmoqda. 

E’tiborlisi, amalga oshirilayotgan bunday ulkan bunyodkorliklar O‘zbekiston yoshlarida o‘z tarixi bilan faxrlanish, buyuk ajdodlarining ilmiy merosini o‘rganish orqali komil shaxs bo‘lib kamol topishlarida beqiyos ahamiyat kasb etishiga ishonchim komil. Muhtasham majmualar, ilmiy, ma’rifiy markazlar, albatta, kelgusida yana bir necha asrlar davomida yurtingiz taraqqiyoti, xalqingiz yuksalishiga xizmat qilishi shubhasiz. 

Ayniqsa, yangi bunyod etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi meni juda ham hayratlantirdi. Benazir obida bunyod etilyapti desam, yanglishmayman. Kelgusida islom olamining go‘zal shaharlaridan biri bo‘lgan Samarqandga oilam bilan yana bir bor kelishni niyat qildim. 

Suratlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri 

Ozodbek Nazarbekovning rasmiy telegram tarmog‘idan olindi.

Дубайда Ойга ўхшаш улкан иншоот барпо этилмоқда. Бинонинг баландлиги 224 метр бўлиб, у бир вақтнинг ўзида 2,5 миллион кишини сиғдира олади.

    Юқори қаватларда 300 та хусусий турар жой ва меҳмонхона жойлашади. Қаватлар ўртасида тез ҳаракатланиш учун юқори тезликда космик услубдаги лифт ишлатилади. Осмонўпар бинонинг асосий хусусияти шундаки, ҳар бир киши ўзини космик сайёҳ сифатида ҳис қилиш имкониятига эга бўлади.

Дастлабки маълумотларга кўра, бу лойиҳанинг умумий  қиймати 5 миллиард АҚШ долларини ташкил этади.

ЎМИ Матбуот хизмати

Сторінка 45 з 676
Top