Сийрат ва ислом тарихи

Kimni sevasiz?

Bismillahir rohmanir rohim

Olamlar Robbisi Alloh haq subahanahu va taologa O’z ulug’ligiga loyiq hamdu sanolar bo’lsin. Butun borliqda unga tinimsiz salovatlar aytiladigan zot payg’ambarimiz sollallohu alyhi va sallamga va u zotning oila azolari, ashobi ikromlariga  durudu salovatlarbo’lsin.

Hozirgi davrga kelib odamlar orasida, o’zaro suhbat qurganlarida, asosan bir-birini so’roqqa tutadigan savol quyidagicha tus oldi :

Nimaga qiziqasiz?

Qaysi taniqli shaxsni yoqtirasiz?

Hayotda kimga taqlid qilasiz ?

Agar sizni ham shunday so’roqqa tutishsa, qanday javob bergan bo’lar edingiz?

Yer yuziga rahmat qilib  yuborilgan payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga yuborilgan islom dini qanday yuksakligin ko’ringki, yuqoridagi savolga qanday javob berishni ham o’rgatib qo’yibdi.

Alloh taolo O’zining xatolardan xoli, benazir  kalomida “Payg'ambar mo'minlar uchun o'zlaridan ko'ra haqlidir. Uning ayollari esa ularning onalaridir”, deya marhamat qilgan. (Ahzob surasi, 6-oyat).

Zuhra ibn Ma'bad roziyallohu anhuning bobolaridan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga edik. U zot Umar ibn Xattobning qo'llaridan tutib turar edilar. Umar: «Ey Allohning Rasuli, Allohga qasamki, siz menga o'zimdan boshqa hammadan sevimlisiz», dedi. Shunda Rasuli akram: «Men Sizlarning birortangizga o'zidan ham sevimli bo'lmagunimcha u mo'min bo'lolmaydi», dedilar. Hazrati Umar: «Ey Allohning Rasuli, Allohga qasamki, endi siz menga o'zimdan ham sevimlisiz», dedi. Rasululloh: «Ana endi to'g'ri bo'ldi, ey Umar!», dedilar… (Imom Ahmad rivoyati).

Mana, savolga javob tayyor,  mana bunday: “Men ikki olam sarvari payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning ummatiman, u zotdek menga suyukli biror kishi yo’qdir…!

Javobni topishga-ku topdik. Lekin eng asosiysi bunday savolning javobi chin ko’ngildan, samimiy aytiladi va albatta tildagisi amalda namoyon bo’ladi. Shundagina savol o’z javobin topgan bo’ladi

Agar siz shunday qila olayotgan bo’lsangiz – Alloh rozi bo’lsin – siz ulug’ inson ekansiz. Chunki siz “Ummati uchun jonin tikkan, o’z ashobin zaifini-yu quvvatlisini teng ko’rgan, boydan kambag’alni ajratmaydigan, haqgo’y, adolat bobini tamal toshin qo’yib, binosini qaddin tiklagan, muruvvatda unga hech kim teng kela olmaydigan zotga muhabbat izhor qilib, o’z hayot yo’lingizda mana shunday buyuk zotning yo’rig’in tuta olibsiz. Zero Alloh taolo Qur’oni karimda:

 

 “«لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِي رَسُولِ اللَّهِ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِمَنْ كَانَ يَرْجُو اللَّهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ وَذَكَرَ اللَّهَ كَثِيرًا»

 

“Batahqiq, sizlar uchun – Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo'lganlar va Allohni ko'p zikr (yod) qilganlar uchun Rasulullohda go'zal o'rnak bordir”, deya marhamat qilgan.

 Ha, barchamizni qalbimizda qandaydir shaxslar yoki narsalarga nisbatan bir tuyg’u g’aloyon qiladi. Kimgadir yoki nimagadir  sevinch, g’azab deganlaridek, lekin  ikki olam sarvari, O’zidan keyin kelib ko’rmasdan turib ham muhabbat qiladigan ummatiga mushtoq zotga nisbatan eng yuksak tuyg’ularni qalbda shakllantirib, shu muhabbat natijasi o’laroq yashash siz-u bizni vazifamizdir.

Alloh O’z habibin muhabbatiga  musharraf aylasin.Amin

Andijon “Sayyid Muyiddin maxdum”

O’rta maxsus islom bilim yurti

4-kurs talabasi Qurbonov Salohiddin

9627 марта ўқилди
Top