Ўзбекистон янгиликлари

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi kengaytirilgan shakldagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

Kengash majlisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov olib bordi.

Ma’lumki, muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi.

Akademiya rektori, Kengash raisi Muzaffar Komilov majlisni ochib berarkan, yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan barchani tabrikladi. 

Shundan so‘ng Akademiya rektori o‘tgan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish muhim ekanini qayd etdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2023-2024-o‘quv yilini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va Akademiyada oldida turgan dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. 

Majlis davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2023-2024-o‘quv yilida kadrlar tayyorlash va ularga zamon talabi darajasidagi shart-sharoitlarni yaratish, ta’lim-tarbiya va ilmiy tadqiqot faoliyati sifatini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv yili ish rejalari loyihasi muhokamasi o‘tkazildi. Bu bo‘yicha soha prorektorlari, fakultet dekanlari hamda bo‘lim boshliqlarining ma’lumotlari tinglandi. 

Shundan so‘ng O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyevning 2023-2024-o‘quv yili uchun fan dasturlari, o‘quv rejalari va me’yoriy hujjatlarni zamon talablari hamda akademik ta’limga mos ravishda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablariga muvofiq holda ishlab chiqilganlik holati to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi. 

Kengashda sohadagi shu kabi yutuqlar e’tirof etilgan holda, diniy-ma’rifiy sohada bajarilishi zarur bo‘lgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi. 

Yig‘ilish yakunida muhim vazifalar belgilab olindi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Read 751 times

Янгиликлар

Top