Мақолалар

Shariatga muvofiq oila mustahkam bo’ladi

Nikoh lug'atda jamlanish, yaqinlashish ma'nolarini anglatadi. Oila barcha zamonlarda ham muqaddas sanalib, jamiyatning bir bo`lagi hisoblanadi, uning mustahkamligi, er-xotin o‘rtasidagi mehr-muhabbat davomiyligini ta’minlash uchun dinimiz o‘ziga xos qonun-qoidalarni joriy qilib qo‘ygan.

Oilaviy hayotning asosiy tashkilotchi va a’zolari bo‘lmish er va xotinning har biriga o‘ziga xos burch va vazifalari bilan birag, bir-birlariga nisbatan haq va huquqlarini ham belgilab berilgan.

     Shariatga nikohning kiritilishining zamirida ham diniy, ham dunyoviy manfaatlar bor. Bularning bari Shori’ bo`lgan Zotning qanchalik buyuk va hakim ekanligiga dalolat qiladi.

Quyida nikohning shariatga kiritilishi hikmatlari oyatlar ila yoritib beriladi:

  • Avvalo, nikohning asosini Muhammad ummati naslini ko`paytirishdir. Bunga ishora qilib Qur’oni karimda bunday keltiriladi:

﴿ وَاذْكُرُواْ إِذْ كُنتُمْ قَلِيلاً فَكَثَّرَكُمْ ﴾  [الأعراف: 86]
“Oz bo`lgan chog’ingizda sizlarni ko’paytirib qo’yganini eslang” (A’rof surasi, 86-oyat)

  • Nikoh – Alloh xarom qilib qo’ygan narsalarga tushib qolishdan ham saqlovchi himoyadir:

﴿ وَلاَ تَقْرَبُواْ الزِّنَى إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَسَاء سَبِيلا ﴾[الإسراء: 32]
“Va zinoga yaqinlashmanglar. Albatta u faxsh ish va yomon yo’ldir” (Isro surasi, 32-oyat).

Alloh taolo er-xotinni o’zaro ayblarini berkituvchi, go’zal saqlovchi bo’lishi uchun bir-birlariga libosdirlar deya quyidagi oyatda  nomladi:

                                                           ﴿ هُنَّ لِبَاسٌ لَّكُمْ وَأَنتُمْ لِبَاسٌ لَّهُنَّ﴾

“...Улар сизга либосдир, сиз уларга либосдирсиз...” (Бақара сураси, 187-оят).

  • Alloh taolo nikoh asosida qurilgan oilaning a’zolari bo’lmish er-xotinni bir-birlari uchun xotirjamlik bo’lish va qalbiga o’zaro muhabbat va marhamat solib qo’yishiga quyidagi oyat dalil bo’ladi:

﴿ وَمِنْ آيَاتِهِ أَنْ خَلَقَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَاجًا لِّتَسْكُنُوا إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُم مَّوَدَّةً وَرَحْمَةً

إِنَّ فِي ذَلِكَ لآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُون﴾ [الروم: 21]

  “Va Sizlarga sokinlik topishingiz uchun o’zingizdan juftlar yaratdi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qo’yganligi (ham) uning oyat- belgilaridandir” (Rum surasi, 21-oyat).

     Nikoh nafaqat dunyoviy manfaat keltiradi, balki uxroviy jihatdan ham er-xotin vojibotlariga rioya qilish bilan va’da qilingan ajrlarga ega bo’linadi. Islom hech qachon insonning haqini poymol bo’lishiga yo’l qo’ymaydi, balki u xoh erkak bo’lsin, xoh ayol uni himoya qiladi. Ayol kishini ojiza qilinishi va qiyshiq qovurg’adan yaratilishi bu uning past sanalishidan emas, balki mo’tabar sanalishidandir. Erkak kishini hamisha ustunligi – oilada uning hurmati va mas’ulligi jahatdandir.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, halol nikoh ko’p muomolatlar ichidan afzallik jihatdan yuqori o’rinda turuvchi, insonga har tomonlama manfaat keltiruvchi jamiyatning bir bo’lagi hisoblanadi. Oila qanchalik pok va shariat ahkomlariga muvofiq bo’lsa, shunchalik mustahkam bo’ladi.

Mohira Orifjonova,

Toshkent Islom instituti

talabasi

 

Read 2999 times

Мақолалар

Top