Мақолалар

Ilm nuri

Ilm shunday ulug‘ kuchki, bartaraf etishda uning qurbi yetmaydigan biror muammo yo‘q. Ilmning aql-zakovat chirog‘i bilan yoritilgan  yo‘li insoniyatni hidoyatga, tinchlik-totuvlikka yo‘naltiradi.

Ilmning fazilati va ilm egalarining qadr-qimmati borasida Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan quyidagi rivoyat keltirilgan:

Ilm o‘rganing! Zero, xolis ilm Alloh taolodan qorqishga yetaklaydi. Ilm izlash ibodatga, uni ozaro muzokara qilish tasbihga, tadqiq va tahqiq etish esa, dushmanga qarshi turishga tengdir. Ozgalarga ta’lim berish sadaqa, uni ilm ahliga sarflash qurbatdir (Alloh taologa yaqinlik). Ilm yolgizlikda sirdosh, tanholikda hamroh, dinga chorlovchi, yaxshi-yu yomonlikda sabrga undovchi, dostlar davrasida tirgak, notanish kimsalar orasida yaqin dost, jannat yo’lining mayog’idir. Alloh taolo ilm sabab turli xalqlarni ulkan darajalarga ko’tardi. Natijada ularni Alloh taolo ezgu ishlarga boshlovchi, izlaridan yuriladigan, amallariga havas qilinadigan, ular fikriga tayaniladigan insonlar qildi. Farishtalar ham ilm egalarining fazilatini orzu qilib, ularni qanotlari ila siypaydi.

Dunyodagi barcha narsa – dengizdagi kitu-baliqlar, yerdagi yirtqichu-hayvonlar, osmonu yulduzlar ilm egalariga istigfor aytadi. Chunki ilm ko’r qalblarga hayot, zulmat chumgagan kozlarga nur, madorsiz tanaga quvvatdir. Ilm oddiy insonni salohiyatli yetuk shaxsga aylantiradi. Amir va xoqonlar davrasiga yetkazadi. Dunyo va oxiratda ulkan darajalarga kotaradi. Ilmiy bir lahza tafakkur rozaga, ozaro fikr almashish qiyomul laylga teng! Ilm bilan toat-ibodat ado topadi. Ilm yordamida taqvo qilib, ajrga yetiladi. Ilm sabab qarindoshlik boglanadi. Ilm bilan halol-harom bilinadi. Ilm imom, amal esa uning muqtadisidir[1].

Shuning barobarida amalsiz ilm yo‘q. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Хohlagan ilmni organing! Lekin Alloh taolo amalsiz ilmingizga ajr bitmas[2]. Ushbu rivoyat ilm amal qilish uchun tahsil qilinishiga turtkidir. Shuning uchun ham ilm tolib o‘rgangan har bir ilmiga amaldagi haqqini bermasdan o‘tib ketishi maqbul ish emas. Ilmiga sodiq amalda mustahkam ilm egalari qancha yetishib chiqsa, bizlar taraqqiyot va farovonlik sari odimlab boraveramiz.

Abdulaziz Furzulov,

Sayyid Muhyiddin maxdummadrasasi mudarrisi

 

[1] Imom Abu Homid G'azzoliy. Ihyo ulumiddin. – Misr.: Dorul Misriya, 2004. – B.18.

[2] Abu Muhammad Dorimiy. Sunani Dorimiy. – Riyoz.: Dorul mug’niy, 2000. 262-hadis.

Read 1846 times

Мақолалар

Top