Мақолалар

Ro‘zaning qanday hikmati bor?

Ro‘zadan ko‘zlangan asosiy maqsad – taqvo va parhezkorlikdir.
Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhu aytganidek, taqvo tikanli yo‘lda ehtiyotkorlik bilan qadam tashlashga o‘xshaydi.
Ey inson! Hayotda xuddi tikanzorda yurgandek ehtiyotkor bo‘lginki, biror gunohni bosib olmagin!
Ro‘za faqat ochlik va chanqoqlikdan iborat emas. Balki:
Ko‘z bilan ham ro‘za tutiladi;
Til bilan ham ro‘za tutiladi;
Quloq bilan ham ro‘za tutiladi;
Qalb va aql bilan ham ro‘za tutiladi.
Ro‘zador inson boshidan oyog‘igacha ro‘za tutadi.

Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi.

Read 997 times
Tagged under

Мақолалар

Top