Ўзбекистон янгиликлари

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Jonkuyar ustozlarimizni umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Hayotda qanday muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lsak, bu yutuqlar zamirida albatta Siz aziz ustozlarning ulkan mehnatingiz bor.

Mana shunday quvonchli kunda barcha shogirdlaringiz nomidan Sizlarga eng ezgu tilaklarimizni bildirib, tashakkurlarimizni
izhor qilamiz.

Sizlarning ilm-ma’rifat ziyosini taratishdek vazifangiz shuqadar savobi ulug‘ amalki, hatto borliqdagi hamma narsa Sizning haqqingizga duo qilib turadi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Albatta, Alloh taolo, Uning farishtalari, osmonlaru yer ahli, inidagi chumoli, hattoki, dengizdagi baliq ham odamlarga yaxshilikni ta’lim beruvchiga salavot aytadilar”
(Imom Termiziy rivoyati).

Muhtaram qalbi ezguliklar ila yo‘g‘rilgan ustoz va murabbiylarimizni Alloh taolo mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, tinchlik-ofiyat va ikki dunyo saodatini musharraf etsin.

MUSLIM.UZ

298 марта ўқилди

Янгиликлар

Top