Ўзбекистон янгиликлари

O'zbekiston “Halal In Travel – Global Summit 2022"da ishtirok etadi

2022-yilning 31-may kunidan 2-iyuniga qadar Singapurda musulmon turizm bozorini tiklash va rivojlantirishga bag‘ishlangan “Halal In Travel – Global Summit 2022" bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir butun dunyodan sayyohlik sohasida chuqur bilimga ega 70 dan ziyod mutaxassislarni o‘zida jamlaydi.

O‘zbekistondan ushbu sammitda Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etadi (onlayn formatda). Shuningdek, tadbirda Indoneziya vitse-prezidenti, Maldiv Orollari turizm vaziri va Malaziya turizm, sanʼat va madaniyat vaziri qatnashadi.

Sammit yakunida "Halal in Travel" mukofoti taqdimoti bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Ushbu mukofotlar turli toiflarni qamrab oluvchi musulmonlar hayot tarzidagi sayohatlar segmentiga sezilarli hissa qo‘shgan yo‘nalishlar, tashkilotlar, kompaniyalar va shaxslar kesimida taqdim etiladi.

1214 марта ўқилди

Янгиликлар

Top