Ўзбекистон янгиликлари

Ilk bor lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” chop etildi

6 jilddan iborat izohli lug‘at Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Fanlar akademiyasi hamda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi hamkorligida tayyorlangan. Bu haqda Xushnudbek.uz хабар қилди.

Izohli lug‘atdan hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng iste’molda bo‘lgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari, turli sohalarga oid terminlar, bir necha shevada qo‘llanadigan so‘zlar, ba’zi tarixiy va eskirgan atamalar o‘rin olgan va avvalgi nashrga qaraganda 5 mingga yaqin yangi so‘z kiritilgan.

Shuningdek, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “O‘zbek xalq so‘zlari”, “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati”, “O‘zbek tili frazeologik lug‘ati”, “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati”, “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”, “O‘zbek xalq paremalarining sinonimik izohli lug‘ati”, “Nonvoychilik terminlarining izohli lug‘ati” kitoblari ham tayyorlanib, chop etilgan.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

767 марта ўқилди
Мавзулар

Янгиликлар

Top