Bugun, 8 noyabr kuni Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tomonidan O‘zbekiston xalqaro akademiyasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda “Nosirxon To‘ra Saidkamolxon To‘ra o‘g‘lining faoliyati va ilmiy merosining Milliy davlatchilik tarixidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori Baxtiyor Hasanov, O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudiri Abdulhakim qori Matqulov, O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev hamda ilmiy xodimlar, tarixchilar, tadqiqotchilar, oliy va o‘rta maxsus islom diniy ta’lim muassasalari o‘qituvchi hamda talabalari qatnashdi.
Ilmiy-amaliy anjumanda diniy ta’lim muassasalari vakillari tomonidan ilmiy maqola va ijodiy ishlar taqdim etilib, ulardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffar Joniev, “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muasasasi o‘qituvchisi Abdusamat Usmonovlarning mavzuga oid ma’lumotlari yig‘ilish ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.
Shuningdek, anjumanda “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudiri Abdulhakim qori Matqulov Nosirxon to‘ra Saidkamol to‘ra o‘g‘lining faoliyati va ilmiy merosi haqidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
A.Bobomirzaev
Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi
metodisti