Ўзбекистон янгиликлари

Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Bugun, 10-noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqimiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida ma’naviyat marafonlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur marafon doirasida “Salomni unutish – o‘zlikni unutish” mavzusida talaba-yoshlar o‘rtasida ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi. Shuningdek, ta’lim muassasalarida salom bilan bog‘liq milliy-axloqiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni yoshlar qalbiga singdirishga qaratilgan ta’sirchan tadbir, talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvi, “Ma’naviy ekskursiya” loyihasi doirasida talabalarni teatr va muzeylarga sayohat, “Salomlashish – eng ulug‘ qadriyat”, “Fazilatli qiz”, “Fazilatli yigit”, “Hayo – qiz bolaning ziynati”, “Or-nomus – yigit ko‘rki” mavzularida talaba-yoshlar o‘rtasida davra suhbati, “Ajdodlar mardona, ruhi senga yor!” shiori ostida buyuk ajdodlarimiz merosi va jasorati haqida talabalar o‘rtasida she’rlar, devoriy gazeta tanlovi va viktorinalar o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovlar yuqori saviyada va sifatli tashkil etilib, natijalarga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar munosib taqdirlandi.

A.Bobomirzayev,
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi
metodisti

1200 марта ўқилди

Янгиликлар

Top