www.muslimuz

www.muslimuz

Yahyo domla Abdurahmonov va Muzaffar Salomovlarning viloyatdagi so'ngi manzili Qo'rg'ontepa tumanidagi "Imom Muslim" masjidi bo'ldi.

Masjid qavmi bilan dildan suhbat qilgan ustoz Yahyo domla yig'ilganlarga yurtimizda bo'layotgan diniy sohadagi ijobiy o'zgarishlar haqida so'zlab o'tdi.

So'ngra masjiddagi sharoitlarni yanada yaxshilashga hissa qo'shish maqsadida fond hisobidan 10 000 000 so'm miqdorida moddiy yordam taqdim etdi.

Shu bilan VAQF fondi rahbariyatining Andijon viloyatiga safari o'z nihoyasiga yetdi. Xayriyalar ertaga, 2 dekabr kuni Namangan viloyatida davom etadi...

https://t.me/vaqfuz

VAQF fondi rahbari Yahyo Abdurahmonovning Andijon viloyatidagi galdagi tashrifi, nogironligi bor bo'lgan fuqarolar xonadoni bo'ldi.

Dastlab, fond rahbariyati Jalaquduq tumani, So'fi qishlog'ida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi Farxodbek Madaminov holidan xabar olib, ularga zarur bo'lgan nogironlar aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qildi.

So'ngra ustozlar Qo'rg'ontepa tumani, Chimyon qishlog'ida yashovchi 1-guruh nogironi, D.Matyoqubovaning uyiga borib, ularning haqqiga duo qildilar va nogironlik aravachasi bilan oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etdi.

Четверг, 02 Декабрь 2021 00:00

VAQF fondi Jalaquduqdagi masjid tamirlanishiga hissa qo'shdi

Fond rahbariyatining Andijon viloyatiga safarining navbatdagi manzili Jalaquduq tumanidagi "Beshtol" masjidi bo'ldi.

Mazkur masjid ayni damda kapital ta'mirlanish jarayonida. Ushbu xayrli ishga hissa qo'shish maqsadida Yahyo domla Abdurahmonov fond nomidan masjid hisobiga 10 000 000 so'm xayriya qildi.

Alloh taolo masjidlar obodligiga hissa qo'shayotganlarga Jannatda qasrlar ato etsin!



@vaqfuz

Kecha, 1 dekabr kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari O'tkir Xasanboev, Ta'lim bo'limi boshlig'i S.Sherxonov, VAQF fondi rahbari Yahyo domla Abdurahmonov va o'rinbosari Muzaffar Salomovlar diniy ta'lim muassasalari talabalari bilan uchrashish va yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatidagi "Sayyid Muhyiddin maxdum" madrasasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida fond rahbari Yahyo Abdurahmonov tomonidan iqtidorli talabalarga diniy-ma'rifiy kitoblar jamlanmasi va madrasa moddiy texnik bazasini yanada rivojlantirish uchun 20 000 000 so'm mablag'ni xayriya sifatida topshirdilar.

Tashrif davomida bir nechta xayriya tadbirlari jumladan, masjidlar va xonadonlarga tashrif buyurish rejalashtirilgan.

@vaqfuz

Хабар берганимиздек, Чеченистон республикаси муфтийси Салоҳ ҳожи Межиев бошчилигидаги меҳмонлар юртимизда бўлиб туришибди. Кеча, меҳмонлар Бухорои шарифдаги муборак қадамжоларни зиёрат қилишди.

Бугун, 2 декабрь куни мартабали меҳмонлар зиёратни Самарқанд вилоятида давом эттирди. Дастлаб Чеченистон муфтийси Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси биринчи ўринбосари Ҳомиджон домла Ишматбеков ва вилоят бош имом хатиби Зайниддин домла Эшонқулов ҳамроҳлигида Самарқанд шаҳрида жойлашган "Намозгоҳ" жоме масжидида бомдод намозини адо этишди. Намоздан сўнг Ҳомиджон домла Ишматбеков жамоатга чиройли маъруза қилиб берди. Якунда муфтий Салоҳ ҳожи Межиев хайрли дуолар қилди.

Меҳмонлар зиёратни “Имом Бухорий” мақбарасини зиёрат қилишдан бошлади. Бу ерда Қуръон тиловати қилиниб, марҳумлар ҳақига дуо қилинди.

Ташриф давомида меҳмонлар “Имом Бухорий” халқаро тадқиқот маркази ва Ҳадис илми мактаби фаолияти билан яқиндан танишди.

Шундан сўнг меҳмонлар Ўзбекистон Республикаси Биринчи Президенти Ислом Каримов мақбараси, Ҳазрати Ҳизр ва Шоҳи Зинда мажмуаларини зиёрат қилишди.

Ўзекистон мусулмонлари идораси матбуот хизмати

Мақолалар

Top