Дунё янгиликлари

Xushxabar: Farg‘onada ilk vaqf mulki qurilishi boshlandi

Shu yil 26-iyul kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan yirik xayriya loyihasiga tamal toshi qo‘yildi. Ushbu tarixiy va qutlug‘ tadbirda fond boshqaruvi rahbarining 1-o‘rinbosari M.Salomov, Fondning viloyat filiali rahbari B.Qirg‘izov, Dang‘ara tuman hokimi Sh.Tojihakimov, tuman bosh imom-xatibi, tuman sektor rahbarlari hamda mehmonlar ishtirok etib, yurtimizda bunday vaqf mulklari ko‘payishini so‘rab Alloh taologa duoi xayrlar qilishdi.

Mazkur bino filialga biriktirilgan Dang‘ara tumanidagi “Muhammad Boqir Ho‘ja Abu Turob buva” ziyoratgohiga tutash 72 sotix maydon ajratilgan. Milliy va zamonaviy meʼmorlikning o‘zaro uyg‘unligida qurilayotgan mazkur joydagi binolarda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun barcha sharoitlar muhayyo etiladi.

Alloh taolodan mazkur vaqf mulki uchun hissa qo‘shgan barcha hamyurtlarimizga xayr va barokatlar tilab qolamiz!

Vaqf xayriya jamoat fondi
Matbuot xizmati

1008 марта ўқилди

Янгиликлар

Top