Ўзбекистон янгиликлари

Diniy soha xodimlari ziyorati tashkil etildi

Bugun, 5 dekabr kuni O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi  Malaka oshirish markazi Namangan viloyati mintaqaviy filiali III davra tinglovchilaridan iborat imom xatib va noiblar hamda filial professor-o'qituvchilari tomonidan "Ajdodlar merosini o'rganish" dasturi asosida Chortoq tumanida joylashgan "Sulton Uvays Qaroniy" majmuasiga ziyorat safari amalga oshirildi. 

Ziyorat asnosida Yurtboshimiz tashabbusi bilan 2017-2019 yillarda yangidan bunyod etilgan mazkur majmua to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lindi.

Safar so'ngida o'tganlar haqqiga va  yurtimizda tinchlik va farovonlikni bardavom bo'lishini Yaratgandan so'rab duoi fotiha qilindi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

446 марта ўқилди

Янгиликлар

Top