Мақолалар

Rasululloh ﷺ Qur’onni qanday yod olganlar?

“Biz Sizga qiroat qildiramiz, bas, esdan chiqarmaysiz” (“A’la” surasi, 6-oyat).

Rasululloh ﷺ ning vahiy qilingan oyatlarni bir marta eshitib, yodlab olishlari – payg’ambarlik belgisidir.

Chunki U zot ﷺ yozishni ham, kitob o’qishni ham bilmas edilar.

Bunday insonlar (odatda) biror narsani o’z ona tillarida bir necha bor eshitsalar ham yodlashlari qiyin kechadi.

Rasululloh ﷺ esa, bir marta eshitib, vahiy qilingan barcha oyatlarni yodlab, so’ng o’qib berar edilar.

Bu ham payg’ambarlikning bir nishonasi!

Imom Moturidiy rahimahulloh

Abdulloh ABDULMAJID tayyorladi

519 марта ўқилди

Мақолалар

Top